Rasman! "Chelsi" futbolchisi APLning boshqa bir klubiga o‘tdi

  • 07.01.2020 20:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Aston Villa" o‘zining rasmiy saytida "Chelsi" yarim himoyachisi Deniel Drinkuoterni ijaraga olganini e’lon qildi.

Unga ko‘ra 29 yoshli futbolchi mavsum yakuniga qadar birmingemliklar sharafini himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mavsumning birinchi davrasini “Byornli” safida ijarada o‘tkazgan Drinkuoter bor yo‘g‘i 2 ta o‘yinda ishtirok etdi xolos.

Ma’lumot uchun, Drinkuoterning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi 6 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!