Rasman: "Chelsi" futbolchisi ham "Monako"ga o‘tdi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Chelsi" yarim himoyachisi Temue Bakayoko faoliyatini "Monako" klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

"Monegasklar" futbolchini bir yilga ijaraga olishdi va yakunda sotib olish huquqini ko‘rib chiqishadi.

Avvalroq berilgan xabarlarga ko‘ra, frantsuzlar 25 yoshli futbolchini 35 mln evroga sotib olishlari ham mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik futbolchi londonliklar safiga kelgunga qadar, aynan "Monako" safia to‘p tepgan va 2017 yili "Chelsi" 40-45 mln evro atrofida sotib olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!