
Rasman: Dani Alves “Yuventus”dan ketdi
“Yuventus” jamoasi braziliyalik himoyachi Dani Alves bilan hamkorlik rasman to‘xtatdi. Bu haqda klubning “Tvitter”dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishuvga muvofiq shartnomani bekor qildi. O‘tgan mavsumda Dani Alves “Yuventus” bilan Italiya chempionligini va mamlakat Kubogini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, u turinliklar bilan EChL finaligacha etib bordi.
Avvalroq Dani Alves Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi bilan kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.
Fikrlar