
Rasman! De Bryuyne "Manchester Siti"ni yozda tark etadi
Kevin De Bryuyne mavsum yakunida "Manchester Siti"ni tark etishini e’lon qildi.
"Shaharliklar" Belgiya terma jamoasining 33 yoshli yarim himoyachisi yozda klubni erkin agent sifatida tark etishini ma’lum qildi.
De Bryuyne 2015 yilda "Volfsburg"dan 74 million evro evaziga "Manchester Siti"ga o‘tgan va o‘sha paytda klubning eng qimmat transferiga aylangandi.
Manchester klubi u bilan 16 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Shu jumladan, jamoa bilan trebl yutdi va 6 marotaba APL chempionligini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar