Rasman! Germaniya terma jamoasining yangi murabbiyi ma’lum

Germaniya terma jamoasi rasmiy "Tvitter" sahifasi yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi. Xabar qilinishicha, endilikda "nemis mashinasi"ni "Bavariya" sobiq ustozi Xans-Diter Flik boshqaradi. 

"Xansi Flik milliy terma jamoamizni "EVRO-2020"dan keyingi yangi murabbiyiga aylanadi", - deb yoziladi rasmiy sahifa tarqatgan xabarda. 

Avvalroq, olmonlarning uzoq yillik bosh murabbiyi Yoaxim Lyov Evropa Chempionatidan so‘ng, Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishini e’lon qilgandi. 

Flik ko‘p yillar mobaynida Lyovning yordamchisi sifatida terma jamoada ishlagan va yaqindagina u ham "Bavariya"ni mavsum yakunida tark etishini e’lon qilgandi. 

E2OOCDYXoAA-Ncl

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!