Rasman! Hakimi "Inter" futbolchisi
"Real" himoyachisi Ashraf Hakimi faoliyatini "Inter"da davom ettiradi.
21 yoshli marokashlik futbolchi klub bilan besh yilga mo‘ljallangan kelishuvga imzo chekdi.
Oldinroq, Hakimi yangi klubida yiliga 5 million evro ishlab topishi va uning transferidan "Real" 40 million va bonuslar ishlab olishi xabar qilingan edi.
Marokashlik futbolchi "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U klub sistemasiga 2006 yilda kelgan, biroq asosiy tarkibda faqatgina 17 ta o‘yin maydonga tushgan.
Joriy mavsumni Hakimi "Borussiya"da o‘tkazib, 32 o‘yinda 5 gol va 10 golli uzatma muallifi bo‘ldi.




Fikrlar