Rasman! Infantino 2023 yilgacha FIFA prezidenti lavozimida qoladigan bo‘ldi
Bundan avvalroq Parijda FIFAning 69-kongressi ish boshlagani haqida xabar bergan edik.
Unda tashkilot prezidentligi uchun ovoz berish jarayoni ham o‘tkazildi. Unga ko‘ra FIFAning amaldagi prezidenti hisoblangan 49 yoshli shveytsariyalik Janni Infantino o‘z lavozimiga qayta saylandi. Endi u 2023 yilgacha FIFAga rahbarlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Infantino FIFAni 2016 yildan buyon, ya’ni Yozef Blatterdan so‘ng boshqarib kelmoqda.
Fikrlar