Rasman! Islom Ahmedov "Andijon"ning to'laqonli bosh murabbiyiga aylandi
"Andijon" klubi matbuot xizmati vaqtincha bosh murabbiy lavozimida ishlab kelgan Islom Ahmedovga doir rasmiy xabarni e’lon qildi:
"Ma’lumki, shu yilning 14 aprel sanasida Islom G‘ulomovich Ahmedov “Andijon” klubiga vaqtincha bosh murabbiy lavozimiga tayinlangandi.
Ortda qolgan vaqt davomida jamoa uning boshchiligida hozirga qadar Superliga va Kubok bahslarida umumiy hisobda 5 ta o‘yinda 4 g‘alaba va 1 durang qayd etdi.
Tabiiyki, natijalar ijobiy ko‘rinish olgach, muxlislarda ham ijobiy kayfiyat hukm surmoqda.
Klub rahbariyati esa kamida mavsum oxiriga qadar Islom Ahmedovni bosh murabbiy lavozimida qoldirishga qaror qildi. Endilikda Islom Ahmedov vaqtinchalik emas, balki to‘laqonli ravishda rasm an bosh murabbiyga aylandi.
Bundan keyin ham Ahmedov va uning shtabiga ishonch bildirilishda davom etiladi va ijobiy natijalar bardavom bo‘lishini tilab qolamiz" - deyiladi rasmiy xabarda.

Fikrlar