Rasman! Karlos Bakka mavsumni "Vilyarreal"da o‘tkazadi
Ispaniyaning “Vilyarreal” klubi rasmiy sayti “Milan” forvardi Karlos Bakkani o‘z safiga qo‘shib olganligi haqida rasman e’lon qildi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra “sariq suv osti kemasi” 30 yoshli kolumbiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan 1 yil muddatga ijaraga olgan. Bakka yangi jamoasida 9-raqam ostida harakat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, tajribali hujumchining “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan edi.
Ma’lumot uchun, Bakka o‘tgan mavsum “Milan” safida jami 34ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 14ta to‘p kiritishga erishgan.

Fikrlar