Rasman! Kurtua "Real" bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 16.08.2021 18:49
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid klubi va Belgiya terma jamoasi posboni Tibo Kurtua “qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi.

29 yoshli futbolchining “Real” bilan tuzgan yangi mehnat shartnomasi 2026 yilga qadar amal qiladi.

Bundan avvalroq Kurtua pandemiya davrida klubga ortiqcha moliyaviy qiyinchilik tug‘dirmaslik uchun yangi shartnomada katta maosh talab qilmaslikga rozi bo‘lgan edi.

"Real" Kurtuani 2018 yilning yozida "Chelsi"dan 35 million evro evaziga sotib olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!