Rasman! "Lokomotiv" "Dinamo"da o‘ynagan legionerni o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 11.12.2025 20:25
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Pro ligadan Superligaga qaytgan Toshkentning "Lokomotiv" klubi yangi mavsum oldidan ilk transferni e’lon qiladi.

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Superliganing yakunlangan mavsumida "Dinamo" sharafini himoya qilgan Oleksandr Kucherenko endi "Temiryo‘lchilar" sharafini himoya qiladi.

Kucherenko ushbu yilda 30 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va endi markaziy himoyachi 2026 yilda "Lokomotiv" tarkibida to‘p suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!