
Rasman! "Lokomotiv"ning asosiy hujumchisi jamoadan ketdi
"Lokomotiv"ni yana bir etakchi futbolchi, mohir hujumchi Temurxo‘ja Abduxoliqov tark etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Temurxo‘ja bu mavsum Superliga va O‘zbekiston Kubogi bahslarida 15ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
U Superliga bahslarida 14ta gol bilan Dragan Cherandan so‘ng to‘purarlar poygasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Endilikda ushbu futbolchi faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi.
Avvalroq, futbolchi saytimizga bergan intervyusida ko‘plab jamoalardan takliflar borligi haqida aytgan edi.
Fikrlar