
Rasman! Luka Yovich - "Real" futbolchisi
Frankfurtning “Ayntraxt” klubi forvardi Luka Yovich nihoyat “Real” futbolchisi deb e’lon qilindi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Biroq, “qirollik klubi” hozircha 21 yoshli serbiyalik to‘purarning transferi bilan bog‘liq moliyaviy ma’lumotlarni oshkor qilmayapti.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Real” Yovich uchun nemis klubiga taxminan 65-70 mln evro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Yovich joriy mavsum Bundesliga va Evropa ligasida 36ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 27ta gol urishga erishdi.
Fikrlar