
Rasman! Mahmud Mahamadjonov - "Paxtakor" futbolchisi!
2024 yilgi mavsumning ikkinchi davrasini "Paxtakor"da o‘tkazgan Mahmud Mahamadjonov "Paxtakor"ga transfer qilindi.
Pedru Moreyraning istagiga ko‘ra qanot himoyachisi yana "sherlar" safiga qaytdi. Bu safar 3 yillik shartnoma asosida. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.
"Bunyodkor" meni tarbiyaladi, buning uchun ularga katta rahmat! "Paxtakor" esa menga qayta imkoniyat berdi. Endi bor e’tiborimni bir jamoaga qarataman. Maqsadim, faoliyatimdagi ilk chempionlikka erishish. Menga ishonch bildirgan bosh murabbiy va klub rahbariyatiga rahmat aytaman", - deydi 21 yoshli futbolchi.
Fikrlar