Rasman! Mehdi Taremi "Olimpiakos" futbolchisiga aylandi

  • 31.08.2025 23:53
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" hujumchisi Mehdi Taremi Gretsiyaning "Olimpiakos" klubi futbolchisiga aylandi. Shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan. Eronlik futbolchi o‘tgan mavsumni "Inter"da o‘tkazdi.

Taremi o‘tgan mavsum A Seriyaning 26 o‘yinida raqiblar darvozasiga atigi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Eron terma jamoasi hujumchisi  "Transfermarkt" portalida 3,5 million evroga baholamoqda.

Hujumchi Eron terma jamoasida 95 ta o‘yin o‘tkazib, barcha turnirlarda 56 ta gol urgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!