Rasman! "Metallurg" etakchisi jamoa bilan xayrlashdi

  • 21 dekabr, 2021, 19:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

2018 yilgi mavsumdan buyon "Metallurg" sharafini himoya qilib kelgan tajribali himoyachi Stanislav Andreev 2022 yilgi mavsumdan e’tiboran o‘z faoliyatini boshqa klubda davom ettirish istagini bildirdi va “Metallurg” bilan do‘stona xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Stanislav Andreev 2018-2021 yillar mobaynida “Metallurg” tarkibida 90 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol yozdirib qo‘ydi. 

Bundan avvalroq Andreev "Navbahor" yig‘inida ishtirok etayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Максуд Курбанов
21/12/2021 20:22
Металлург Энди кучли буларкан