Rasman! "Monako" yozgi transferlardagi ilk xaridini amalga oshirdi

  • 27.06.2020 10:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Monako" klubi NEK hujumchisi Antoni Musabuni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra, monakoliklar 19 yoshli futbolchi uchun golland klubiga 2,5 mln evro to‘lagan. Ammo, futbolchi bilan imzolangan kelishuv haqida ma’lum qilinmayapti.

Antoni Musabu NEK tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bu klubda jami 31 ta o‘yinda maydonga tushgan va 9 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!