Rasman: Muhammad Mokaev yangi promoushen bilan shartnoma imzoladi

  • 25.08.2024 18:21
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan jangchi Muhammad Mokaev Brave FC ga qaytadi.  Bu haqida promoushen prezidenti Muhammad Shahid ma’lum qildi.

Brave FC uchun Muhammadning qaytishi haqiqatdan ham ajoyib. Mokaev o‘z vaznida dunyoning eng yaxshi jangchisi ekanini isbotladi, uni o‘z safimizda ko‘rganimizdan xursandmiz", - deya Shahid so‘zlarini keltirdi MMA Fighting.

Eslatib o‘tamiz, Muhammad Mokaev ketma-ket ettita g‘alabadan so‘ng UFC promoushenligidan chetlatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!