
Rasman! "Nasaf"ga o‘tishi kutilgan serbiyalik legioner yakunda "Buxoro" futbolchisiga aylandi (foto)
Aleksandar Stanisavlevich "Buxoro" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Xabaringiz bor, yangi mavsumga tayyorgarlikni jamoamiz a’zolari Antaliyada olib borishmoqda. Kecha jamoa safiga mahoratli futbolchi Aleksandar Stanisavlevich kelib qo‘shildi. Serbiyalik hujumkor yarim himoyachi o‘tgan yili "Qizilqum" safida sermahsul mavsumni o‘tkazgan edi (6 ta gol, 12 asisst).
Stanisavlevich shuningdek, Serbiya, Avstriya, Gretsiya va Qozog‘iston ligalarida to‘p tepgan. "Buxoro" mazkur futbolchi bilan 2023 yil oxirigacha shartnoma imzoladi.
Manba: "Buxoro" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar