Rasman. "Navbahor" "Andijon" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi!

  • 04.12.2025 17:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Namanganning "Navbahor" klubi transferlar oynasidagi o‘z yurishini boshladi va ilk transfer "Andijon" o‘yinchisi bo‘ldi. Endilikda Islombek Mamatkazin "lochinlar" sharafini himoya qiladi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Islombek Mamatkazin - 2002 yil, 22 dekabrda Andijon shahrida tug‘ilgan. 2022 yildan boshlab, hozirgacha “Andijon” jamoasida o‘ynagan. 

Mamatkazin andijonliklar tarkibida 2024 yili O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan, yakunlangan mavsumda esa “Andijon” safida 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1450 daqiqa o‘ynab, 2 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!