Rasman! "Navbahor" "Olimpik" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 7 yanvar, 13:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Shahzod Toirov “Navbahor” futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuoti xabar berdi.

"Mahoratli markaziy himoyachi Shahzod Toirov jamoamiz bilan shartnoma imzoladi. Mazkur futbolchi 2001 yil, 27 sentyabr kuni Qashqadaryoda tug‘ilgan. Professional futboldagi faoliyatida davomida 2021-23 yillar “Olimpik” (Toshkent), 2023 yilning 2-davrasida "Surxon" (Termiz), 2024 yilgi mavsum “Olimpik” (Toshkent) sharafini himoya qilgan.

Biz jamoamizning yangi markaziy himoyachisiga “Navbahor”da omad yor bo‘lib, “lochinlar”ning g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz. Jamoamizga xush kelibsan Shahzodbek", - deya yozdi "lochinlar" matbuoti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!