Rasman! "Navbahor" sobiq yulduzi "Nasaf" bilan shartnoma imzoladi

  • 26 yanvar, 2022, 18:51
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik yarim himoyachi Ivan Solovyov “Nasaf” bilan bir yillik shartnoma imzoladi. 

Tecno

O‘z vaqtida Rossiya Premer-ligasi ishtirokchilari "Zenit" va "Dinamo" kabi jamoalarda to‘p tepgan, oxirgi uch mavsumni Namanganning “Navbahor” jamoasida o‘tkazgan Ivan yangi mavsumda “ajdarlar” safida harakat qiladi.

Ivan Solovyov Superligada 70 uchrashuvda maydonga tushgan va 6 gol muallifiga aylangan.

Ivan Solovyov haqida qisqacha ma’lumot: 

To‘liq ismi: Ivan Solovyov  

Tug‘ilgan sana: 29.03.1993

Tug‘ilgan joyi: Rossiya, Kaluga

Millati: Rus

Amplua: Yarim himoyachi

“Nasaf” futbol klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Fanat Navbahor Fc
27/01/2022 13:13
ketganlardan 1 ta shu ivan jalka ketti bizdan mayli omadini bersin nasafda yanada ochiladi bu bola juda mehnatkash edi
&
Турсунов Рамазон
26/01/2022 18:58
Ярим химоячилар етарли булди энди зур хужимчи олиш керак Насафга омад тилайман 2022йил чемпиен булиши керак