Rasman! "Navbahor"ning sobiq himoyachisi "Neftchi" a’zosiga aylandi

  • 14 yanvar, 2024, 16:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Neftchi" jamoasi yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun serbiyalik  tajribali futbolchi Boyan Tsiger  "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoaning himoya chizig‘ida harakat qiladigan bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Boyan Tsigerga O‘zbekiston Superligasi begona emas. Futbolchi 2021-2022 yilgi mavsumda Namanganning "Navbahor" jamoasida faoliyat olib borgan.Boyan o‘tgan mavsumni Malayziya  Premer-ligasi vakili "Kedax Darul Aman"  klubida olib bordi.
Faoliyati davomida Serbiya va  Chernogoriyaning futbol ligalarida  to‘p surgan B. Tsiger Serbiya kubogi sohibi hisoblanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!