Rasman! "Neftchi" evropalik futbolchi transferini e’lon qildi
Ketelin Karp "Neftchi" a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Farg‘onaliklar yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etadi. Bugun moldovalik tajribali futbolchi Ketelin Karp "Neftchi" bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda jamoaning yarim himoya chizig‘ida harakat qiladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Karp o‘tgan mavsumni Ruminiya chempionatida to‘p tepuvchi "Uta-Arad" jamoasida o‘tkazdi. Futbolchi Rossiyaning "Ufa" jamoasidagi ko‘p yillik faoliyati orqali tanish bo‘lib ulgurgan.
Ketelin futbolchilik faoliyati davomida Ruminiyaning kuchli klublarida, shuningdek Ukraina, Rossiya va Moldova klublarida faoliyat olib borgan. Futbolchi bugungi kunda Moldova milliy terma jamoasining asosiy futbolchilaridan hisoblanadi.
Fikrlar