Rasman! "Nyukasl" o‘z tarixida ikkinchi eng katta transferni amalga oshirdi
"Lion" yarim himoyachisi Brunu Gimaraynsh "Nyukasl Yunayted" futbolchisiga aylandi. U Angliya klubi bilan 2026 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.
24 yoshli braziliyalik futbolchi uchun "qarg‘alar" 40 million evro va 8 million evro bonus to‘laydigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, iste’dodli yarim himoyachi joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. 
Ma’lumot o‘rnida, 2019 yilda "Nyukasl" braziliyalik Joelintonni 44 million evro evaziga xarid qilgandi.

Fikrlar