Rasman! OKMK legionerlarimizdan birini ortga qaytardi

  • 19.07.2023 17:37
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsumning ikkinchi yarmi hamda Osiyo Chempionlar ligasiga tayyorgarlik ko‘rayotgan OKMK klubi o‘z tarkibini tajribali futbolchi bilan kuchaytirdi.

Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Islom To‘xtaxo‘jaev olmaliqliklar tarkibiga kelib qo‘shildi. 33 yoshli fulbekning so‘nggi klubi Qatarning "Al-G‘arafa"si bo‘lgandi.

To‘xtaxo‘jaev faoliyati davomida "Neftchi" (Farg‘ona), "Lokomotiv" (Toshkent), "Liaoning Shenyang Urban" (Xitoy), "Qizilqum" (Navoiy) va "Al-G‘arafa" (Qatar) jamoalarida to‘p tepgan. Quyida OKMK matbuot xizmati taqdim etgan videoni tomosha qilishingiz mumkin.

IMG_2902

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!