Rasman! Oleg Zoteev "Andijon" futbolchisi

  • 30 dekabr, 2024, 18:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

35 yoshli tajribali himoyachi Oleg Zoteev yaqinda “So‘g‘diyona” bilan xayrlashgandi.

Bugun u “Andijon” klubi bilan shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida klub matbuot xizmati rasman e’lon qildi.

Zoteev 2024 yilgi mavsumda “So‘g‘diyona” safida hammasi bo‘lib 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 4 ta gol urib, 5 ta golli uzatmani bajardi.

Bungacha u OKMK, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” “Chonnam Dragons” (Janubiy Koreya), “Qizilqum” va “So‘g‘diyona”da to‘p surgan.

Koreya va O‘zbekiston chempionatida sovrinlarni yutgan futbolchi yanvar oyida “Andijon” klubiga qo‘shiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Davlatbek Alibekov
31/12/2024 09:07
Яхши танлов