Rasman! Olive Jiru "Milan" bilan shartnoma imzoladi
Frantsiyalik hujumchi Olive Jiru "Chelsi"dan "Milan"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda “rossonerilar” rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Hozircha 34 yoshli futbolchining shartnoma tafsilotlari oshkor etilmayapti. Ammo bundan avvalroq “Milan” Jiruning transferi uchun London klubiga 1 mln evro to‘lashi va futbolchi klub bilan 2 yillik shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Olive o‘zining yangi jamoasida 9-raqamda harakat qiladi.
Jiru London jamoasi safida 2018 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U o‘tgan vaqt mobaynida jami 119 ta uchrashuvda qatnashib, 39 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning ayni damdagi transfer narxi 4 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar