Rasman! Patrik Vieyra Frantsiya klubida ish boshladi

  • 03.07.2023 11:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyalikafsonaviy yarim himoyachisi Patrik Vieyra yana murabbiylik faoliyatiga qaytdi.

Mashhur jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, “Arsenal”, “Yuventus” va “Milan” klublarining sobiq futbolchisi “Strasbur”ga bosh murabbiy etib tayinlangan. Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 2 iyul kuni “Chelsi” xo‘jayinlari frantsuz klubini to‘liq sotib olgach, barcha qonuniy rasmiyatchiliklar hal qilingan.

Eslatib o‘tamiz, “Strasbur” o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatini 15-o‘rinda yakunlagan. Jahon va Evropa chempioni bungacha murabbiylik faoliyatida “Nyu-York Siti”, “Nitstsa” va “Kristal Pelas” klublarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!