Rasman! Polsha terma jamoasi bosh murabbiysiz qoldi

  • 18.01.2021 17:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Polsha futbol ittifoqi terma jamoa bosh murabbiyi Eji Bjenchekning o‘z lavozimini tark etganini ma’lum qildi.

“Bjenchekga terma jamoadagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiraman”, - dedi Polsha futbol ittifoqi prezidenti Zbignev Bonek.

Ma’lumot uchun, Eji Bjenchek Polsha terma jamoasini 2018 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Hozircha murabbiysiz qolgan Polsha terma jamoasi yozda “Evro-2020”da ishtirok etadi. Ularning guruhida Slovakiya, Shvetsiya va Ispaniya terma jamoalari joy olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!