Rasman! Ravshan Ermatov yangi lavozimga tayinlandi!

  • 12 aprel, 2021, 12:46
  • Javokhir Azimov
  • 2
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bir necha kun oldin, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov o‘z lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida MOQning navbatdan tashqari XXXVIII Bosh Assambleyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda MOQ raisi Rustam Shoabdurahmonov, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Rashid Tolipov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisi o‘rinbosarlari Saken Polatov hamda Azizjon Kamilov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, Olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya va assotsiatsiyalarning mutasaddi rahbarlari, MOQ vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi. Assambleyani Oybek Kasimov olib bordi va yig‘ilish ishtirokchilarini kun tartibi bilan tanishtirib o‘tdi. Unga ko‘ra, MOQ raisiga birinchi o‘rinbosar saylash va Qo‘mita qoshida «Sportda ayollar» komissiyasini tashkil etish kun tartibidan joy olgan edi.

Rustam Shoabdurahmonov birinchi masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi va MOQ raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida samarali ishlagan, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borayotgan Ravshan Sayfuddinovich Ermatov nomzodini ilgari surdi. Tadbir ishtirokchilari bir ovozdan taklif etilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlashdi va Ravshan Ermatov O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

Tadbir davomida Bahodir Maxsitov, O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi bosh kotibi Kozim O‘rinboyxo‘jaev nomzod bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

O‘z navbatida Ravshan Ermatov bildirilgan ishonch va e’tiborni oqlashga va’da berdi.

"Menga mana shunday yuksak ishonch bildirilgani uchun muhtaram Prezidentimiz va MOQ jamoasiga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Shu paytgacha boshqa tashkilotda bo‘lsa ham yagona maqsad yo‘lida birgalikda faoliyat olib borayotgan edik. Bundan keyin ham o‘z maqsadlarimizni amalga oshirishda hamkorlikda ishlashimizdan xursandman. Tokio Olimpiadasi yaqinlashib borar ekan, pulsimiz hayajondan ko‘proq ura boshlayotganini his qilyapmiz. Ishonamanki, Olimpiadada biz bir jamoa bo‘lib, oldimizga qo‘yilgan vazifani bajaramiz va xalqimiz, hukumatimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ladi", – dedi Ravshan Ermatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ziyoviddin Usmanov
12/04/2021 23:01
Diyor paxtakorni yoqotish kerak. Yaxwisi jurnalistligini tinchgina qilsin. Ovozi mos keladi
Baxil Alihuja
13/04/2021 16:29
Диёрни ва тажрибасиз ёшларни урнига Мирзахаким акани ва Хайруллани олишса булмайди-ми?