Rasman! "RB Leyptsig" Verner o‘rniga osiyolik hujumchini sotib oldi

  • 9 iyul, 2020, 08:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" klubi "Red Bull Zaltsburg" forvardi Xvan Xi Chxanning transferini e’lon qildi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 24 yoshli Janubiy Koreya terma jamoasi a’zosi nemis grandiga 9 mln evroga tushgan. Futbolchi esa yangi jamoasi bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolagan.

Ta’kidlash kerakki, Chxan “Leyptsig” safida “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan Timo Vernerning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Xvan Xi Chxan “Red Bull Zaltsburg” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida 126 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 45 ta gol hamda 29 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!