Rasman! "Real" futbolchisi uchun mavsum tugadi

  • 09.11.2024 22:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

La Liganing 13-turidan o‘rin olgan "Real"-"Osasuna" uchrashuvida "qirollik klubi" 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Biroq, klubning 3 futbolchisi jarohat oldi. Ular Eder Militao, Rodrigo va Vaskes bo‘lishdi.

Markaziy himoyachi Militaoga xochsimon paylar uzilishi tashxisi qo‘yildi. U kamida 9 oyga safdan chiqdi.

Rodrigo va Vaskes dekabr oyida qaytishlari kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik himoyachi o‘tgan mavsum ham xochsimon paylari uzilishi oqibatida mavsumning oxiriga yaqin safga qaytgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!