Rasman! "Real" Vaskes bilan shartnomani uzaytirdi

  • 3 iyun, 2021, 19:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" yarim himoyachisi Lukas Vaskes madridliklar bilan amaldagi shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Yangi shartnomaga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi 2024 yilga qadar “Real”da o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, Vaskes "qirollik klubi"da 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida “Real” safida 3 marta Chempionlar ligasi va 2 marta Ispaniya chempionatida g‘olib chiqdi. Bundan tashqari, ikki karra Ispaniya Superkubogi va UEFA Superkubogida, uch karra klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan.

Vaskes yakunlangan mavsum La Ligada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!