Rasman! Riberi "Fiorentina"dan ketdi

  • 1 iyul, 2021, 16:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik yarim himoyachi Frank Riberi “Fiorentina”ni tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, florentsiyaliklar 38 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borgan. Biroq yakunda tomonlar o‘zaro kelishuvga erisha olmagan.

Riberi “Fiorentina” safiga 2019 yilning yozida erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 51 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Frank Riberi faoliyati davomida “Galatasaroy”, “Marsel” va “Bavariya” kabi klublarda o‘ynagan. Frantsiya terma jamoasi safida 81 ta o‘yinda maydonga tushgan va 16 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!