
Rasman! "Roma" Bove bilan shartnomani uzaytirdi
Edoardo Bove rasman "Roma" bilan shartnomasini uzaytirganini e’lon qildi. "Bo‘rilar" matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi 2027/2028 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi.
Bove "Roma" bitiruvchisi hisoblanadi. Rimliklarning asosiy jamoasi uchun yarim himoyachi 66 o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Ayni vaqtda "Roma" Italiya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Joze Mourino shogirdlari A seriyaning navbatdagi o‘yinini 17 dekabr kuni – raqib maydonida “Bolonya”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar