Rasman: Sexudoning kamari uchun Benavides va Figeredo o‘zaro bahslashadi

  • 29.01.2020 21:12
  • 0
  • MMA

29 fevral kuni Norfolkda UFC Fight Night 169 oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Kechaning asosiy jangida Genri Sexudoning vakantga qo‘ygan kamari uchun Jozef Benavides va Deyvison Figeredo o‘zaro bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Genri Sexudo ushbu vazn toifasida jang qilishni rad etgandi.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli braziliyalik Benavides 28 ta g‘alaba (8 ta nokaut) ga erishib, 5 marta mag‘lubiyatga uchragan. 32 yoshli Figeredoning hisobida 17 ta g‘alaba (8 ta nokaut) va bitta mag‘lubiyat bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!