
Rasman! "Shanxay Shenxua" TsSKA sobiq bosh murabbiyi bilan shartnoma imzoladi
Rossiyalik mutaxassis Leonid Slutskiy rasman "Shanxay Shenxua" bosh murabbiyi etib tayinlandi. U 1 yanvardan klubda ish boshlaydi.
O‘z vaqtida TsSKAda bosh murabbiylik qilgan Slutskiyning oxirgi jamoasi Qozonning "Rubin" jamoasi bo‘lgandi. U mazkur klub bosh murabbiyligidan 2022 yil noyabr oyida iste’foga chiqqan edi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum "Shanxay Shenxua" Xitoy chempionatida 5-o‘rinni egallab, Osiyo chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi.
Fikrlar