
Rasman! Sherzod Komilov - Surxon futbolchisi!
"Surxon" o‘z safini yana bir nafar futbolchisi bilan to‘ldirdi. Bugun yosh va iste’dodli futbolchi Sherzod Komilov termizliklar bilan shartnoma imzoladi.
22 yoshli futbolchi universal o‘yinchi hisoblanadi. Komilov turli pozitsiyalarda o‘ynay oladi. Ham tayanch yarim himoyasida, ham himoya markazida. Diqqatga sazovor yana bitta jihat bor, "Surxon" oxirgi mavsumlarda yosh futbolchilarni kashf qilish bo‘yicha etakchilik qilmoqda va Sherzod Komilov ham o‘z yosh toifasida kelajagi porloq futbolchi hisoblanadi
Bundan oldin Komilov "Lokomotiv" hamda "Olimpik" jamoalarida to‘p surgan. Uning "Transfermarkt"dagi narxi 100 ming evroni tashkil qiladi.
Fikrlar