
Rasman! "Surxon" grandlar qiziqayotgan futbolchisi bilan yangi shartnoma imzoladi
"Surxon" ketma-ket futbolchilari bilan shartnomalarni yangilamoqda. Sunnatullox Hamidjonov bilan shartnoma uzaytirildi.
"O‘tgan mavsumida juda daol bo‘lgan himoyachi o‘z shartnomasini yana 1 yilga uzaytirdi. 2024 yilda barcha musobaqalarida Xamidjonov 21ta uchrashuv o‘tkazib, gol+pas tizimi bo‘yicha 8 ochko (4+4) ishlab oldi. Shuningdek, Xamidjonov O‘zPFL talqiniga ko‘ra 2024 yilgi mavsumida Superliganing ramziy jamoasidan o‘rin oldi.
Sunnatulloxga Surxon tarkibida ko‘plab g‘alabalarga munosib hissa qo‘shib olishiga biz ishonamiz!", - deyiladi "uchar tulporlar" matbuoti xabarida.
Fikrlar