Rasman! "Surxon"ga yangi bosh murabbiy tayinlandi. U Haydarov emas
"Surxon" jamoasi murabbiylar shtabi tasdiqlandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra, Rifat Akramxo‘jaev bosh murabbiy, Bahromjon Haydarov esa katta murabbiy etib tayinlandi. Rifat Akramxo‘jaevga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega va "Paxtakor"dagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Rustam Aripov yordam beradi.
Shuningdek, Akramxo‘jaevga murabbiylar shtabida Raxmatullo Berdimurodov, Ikromjon Ibragimov, Shuxrat Raxmonkulov va darvozabonlar murabbiyi Shavkat Abduxo‘jaev yaqindan yordam beradi. Bahromjon Haydarov esa klubda katta murabbiy sifatida faoliyat yuritadi.
Rejaga ko‘ra, "Surxon" 7 yanvar kunidan boshlab Toshkentda yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

Fikrlar