Rasman! Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) vazn toifalariga o‘zgartirish kiritdi

  • 06.07.2021 19:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

AIBA o‘zi tashkil etuvchi musobaqalarda vazn toifasalari sonini oshirishga qaror qildi.

Erkaklar o‘rtasida 10 vazndan 13 taga, ayollar o‘rtasida esa 10 tadan 12 taga ko‘paytirildi. Ushbu vazn toifasalari 1 avgustdan boshlab rasman kuchga kiradi va joriy yildagi jahon chempionati mazkur formatdagi ilk musobaqa bo‘ladi.

Yangi vaznlar quyidagicha:

Erkaklar uchun: -48 kg, -51 kg, -54 kg, -57 kg, -60 kg, -63,5 kg, -67 kg, -71 kg, -75 kg, -80 kg, -86 kg, -92 kg, +92 kg.

Ayollar uchun: -48 kg, -50 kg, -52 kg, -54 kg, -57 kg, -60 kg, -63 kg, -66 kg, -70 kg, -75 kg, -81 kg, +81 kg.

E5iYMPLWQAA9s8f

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!