Rasman! Xavi "Al Sadd" bosh murabbiyi

Ilgariroq, OChL 6-turi doirasida "Persepolis"ga qarshi kechgan bahsda "Al Sadd" va faoliyatidagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazgan Xavi klub bilan imzolagan shartnomasi yakuniga etgunga qadar jamoaga ustozlik qilishi borasida xabarlar tarqalgan edi. Ammo klub rasmiy sayti ispaniyalik sobiq futbolchi 2020 yilga qadar klubni boshqarishi borasida xabar berib o‘tdi.

Murabbiylar shtabidan Serxio Oriol, Ivan Torres, Oskar Ernandes, Xose Manuel, Devid Baratas, Antonio Lobo, Serxio Garsiya va Antonio Tramulaslar o‘rin olishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!