Rasmiy xabar! "Navbahor" futbolchisi "Neftchi"ga o‘tdi (Foto)

  • 24.02.2022 14:07
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Tobora yaqinlashib kelayotgan Superliga-2022 mavsumiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan "Neftchi" klubi tarkibni shakllantirish borasida izchillikda davom etmoqda. O‘tgan mavsumda "Navbahor" safida to‘p tepgan yarim himoyachi Abbos G‘ulomov jamoa bilan bir yilga mo‘ljallangan ijara shartnomasiga imzo chekdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, 1998 yilda Namangan viloyatining Pop tumanida tavallud topgan Abbos G‘ulomov o‘tgan futbol mavsumida "Navbahor" tarkibida 22 ta o‘yinda maydonga tushirilgan bo‘lib, bitta gol muallifiga aylangan.

photo_2022-02-24_08-28-24

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!