Ravshan Ermatov hakamlar masalasiga tanqidiy yondashyapti yoxud sohaga doir yangiliklar bor

  • 26.09.2022 14:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 7
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Coca-Cola Superliga hakamlari uchun seminar bo‘lib o‘tmoqda. Bu xususida O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rasmiy telegram kanali xabar bermoqda. Seminarni O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov ochib berdi va o‘z nutqi davomida mamlakatimizda hakamlik darajasi sezilarli pasaygani jamoatchilik tomonidan ham qayd etilayotganini aytib, masalaga tanqidiy yondashish lozimligiga urg‘u berdi.

Seminar davomida FIFA o‘yin qoidalariga oid yangiliklar e’lon qilindi. Shuningdek, tajribali ekspertlar tomonidan tayyorlangan videoroliklar yordamida hakamlarning so‘nggi vaqtlardagi xatti-harakatlari tahlil qilindi.

xakam

Bundan tashqari, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi direktori Laziz Qo‘chqorov so‘zga chiqib, markaz ochilganidan buyon hakamlikni rivojlantirishga qaratilgan qator ishlar amalga oshirilgani, biroq shunga qaramay futbol jamoatchiligida hakamlarga ishonchsizlik bilan qaralayotganiga e’tibor qaratdi.

Seminar davomida e’tiborga molik yangiliklardan Aziz Asimov FIFAdagi o‘rnini Rahimbek Karimovga bo‘shatib bergani bo‘ldi. Bu o‘z navbatida yosh hakamlarga bo‘lgan ishonch bo‘lib ixtiyoriy tarzda amalga oshirilgani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, Coca-Cola Superliga yordamchi hakamlarining gonorari oshirilgani seminar ishtirokchilari tomonidan iliq kutib olindi. Istiqbolda Pro liga yordamchi hakamlari va nazoratchilarning ham gonorarlari oshirilishi ma’lum qilindi.

Kunning ikkinchi qismida esa VAR bo‘yicha zaruriy uslubiy tavsiyalar berildi. Seminarda Vladislav Tseytlin, Valentin Kovalenko va Bobur Haydarov kabi tajribali mutaxassislar ishtirok etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Олға насаф
26/09/2022 14:37
ВАРни чемпионат бошланмасдан олдин ўргатиш керакку. Чемпионат тугашига қисқа муддат қолганда ўргатмасдан. Азиз Асимов деганларини анча олдин бўшатиш керак эди. Ҳаммани асабини тамом қилди бу Асимов деган валломат.
Нодир Зарипов
26/09/2022 14:56
Бир тийин бунака йигилиш хаммангни бушатиб Европадан футбол мутахисларини тайинлаш керак ана ушанда Узбекистан футболи ривожланади
Нодир Зарипов
26/09/2022 14:53
Хамманг бир гурсанла хаммангни тилинг бир Узбекистан футболи карупсия бор екан хечкачон ривожланмайди
. мансур
26/09/2022 21:34
Рахимбек Каримов ҳали Азиз Асимовдан ҳам ўтиб тушса керак, уни БабаЯга қўллаб-қувватлаяпти, шекилли
&
салахидин
26/09/2022 19:17
Кераксиз семинар. Футболимизни расво килди булар
Aziz Yuldashev
26/09/2022 15:15
Рахимбек Каримов хали анча кўтарилади акахони ишлаб турса
. мансур
27/09/2022 03:44
Рахимбек, қандингни ур, тўғри йўлдасан, БабаЯгани этагини ушласанг сира кам бўлмайсан, вақти келиб Асимов деганларини ерунда бўлиб қолади сени олдингда