
Ravshan Ermatov Xitoy - Tojikiston uchrashuvini boshqaradi
Shu kunlarda FIFA kunidan foydalanib bir qator terma jamoalar o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmoqda.
Ertaga qo‘shnilarimiz Tojikiston terma jamoasi safarda Xitoy bilan kuch sinashadi. Mazkur o‘yinni o‘zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Ertaga qo‘shnilarimiz Tojikiston terma jamoasi safarda Xitoy bilan kuch sinashadi. Mazkur o‘yinni o‘zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra bosh hakam - Ravshan Ermatov. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi.
Xitoy - Tojikiston uchrashuvi 11 iyun kuni Gunchjou shahridagi "Tyanxe" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
Xitoy - Tojikiston uchrashuvi 11 iyun kuni Gunchjou shahridagi "Tyanxe" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
O‘rtoqlik o‘yini
11 iyun. Guanchjou, «Tyanxe» stadioni.
Xitoy - Tojikiston
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (O‘zbekiston).
Yon hakamlar: Abduhamidullo Rasulov, Jahongir Saidov (O‘zbekiston).
Fikrlar