Rayan Gravenberx "Bavariya"ni tark etsa, uning o‘rnini "Chelsi" vakili egallaydi

  • 16 may, 2023, 15:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi gollandiyalik yarim himoyachi Rayan Gravenberxga o‘rinbosar qidirmoqda, deya xabar beradi "Bayern & Germany".

Tecno

20 yoshli yarim himoyachi jamoani tark etsa, nemis grandi Xorvatiya terma jamoasi va Londonning "Chelsi" klubi a’zosi  Mateo Kovachich bilan shartnoma imzolashga urinib ko‘radi. Xorvatlariyalikning xizmatlariga “Bavariya”dan tashqari “Manchester Siti” va “Manchester Yunayted” klublari ham qiziqish bildirmoqda.

29 yoshli Kovachich joriy mavsumda APLda 26 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan, transfer narxi 40 mln evro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!