Rayola Ibrohimovichni “Real”ga joylash yo‘lini topdi

  • 24.06.2020 12:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Mavsum oxirigacha “Milan”da qoladigan Zlatan Ibrohimovichning agenti Mino Rayola 38 yoshli futbolchi uchun yangi jamoa qidirmoqda.

Zlatan yoshi o‘tib qolganiga qaramay, Evropaning grand klublarida to‘p surishni istamoqda. Uning bu talabini qondirish uchun Rayola uni kelasi mavsum oldidan “Real”ga joylashtirmoqchi. Taniqli agent madridliklarni ko‘ndirish uchun bor mahoratini ishga solmoqda va uning bu borada o‘ziga xos rejasi bor. Agar kelishuv o‘xshasa, Zlatan Madridga erkin agent sifatida keladi.

Shvetsiyalik hujumchi uchun Ispaniya chempionati begona emas. U o‘n yil muqaddam “Barselona” safida 29 ta uchrashuv o‘tkazib, 16 ta gol urgan va 8 ta golli pas uzatgan.

Ibrohimovich endi "Milan"ga gol uradi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!