"RB Leyptsig" shu oy "Arsenal" hujumchisini sotib olmoqchi

  • 14 yanvar, 2021, 19:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"RB Leyptsig" klubi "Arsenal" hujumchisi Folerin Baloganning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, nemis klubi 19 yoshli ingliz futbolchisini joriy qishki transferlar davridayoq sotib olmoqchi. Ular allaqachon futbolchi bilan og‘zaki kelishuvga erishgan. “RB Leyptsig” hozirda "Arsenal" bilan Folerinning transfer narxi masalasini muhokama qilmoqda. Aytish kerakki, futbolchining “kanonirlar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli uning transfer narxi u qadar yuqori bo‘lmaydi.

Balogan joriy mavsum "Arsenal" safida jami 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!