"Real" - "Chelsi" o‘yini bekor qilinadimi?
UEFA rahbari Aleksandr Cheferin Chempionlar ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Real" - "Chelsi" uchrashuvini bekor qilinishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
“Mavsum qizg‘in pallada - bu eng asosiy omil. O‘yinlar bekor qilingan taqdirda telekanallar bizdan tovon puli talab qilishi mumkin. Shuning uchun uchrashuvning bekor qilinishi ehtimoli juda kam”, - dedi Cheferin.
“Real” – “Chelsi” juftligining dastlabki o‘yini 27 aprel kuni Madridda bo‘ladi. Javob o‘yini 5 may sanasiga rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Madrid grandi hanuzgacha Superliga ishtirokchilari qatorida bo‘lib turibdi. "Chelsi" boshqa APL klublari qatori ushbu turnirdan chiqqanini e’lon qildi.
Fikrlar